Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash o’tkazildi.





30-avgust kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash o’tkazildi. Yig’ilishni ijod maktabi direktori D.Xamdamova olib bordi. Unda 2023-2024- o‘quv yili yakuni va tahlillar, yutuq va kamchiliklar, yangi o’quv yilida pedagogik jamoa oldida turgan vazifalar, ijod maktabi 2024-2025-o‘quv yilidagi ish rejasini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash, ijod maktabida faoliyat yuritadigan pedagoglarning dars taqsimotini tasdiqlash,sinf rahbarlari, metod birlashma rahbarlari va to‘garak rahbarlarini belgilash, monitoring guruhi rahbari va a’zolarini belgilash kabi masalalar muhokama etildi. Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan maktab jamoasi tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.