10:11 18.07.2024
117

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ijod maktabi direktori D. Xamdamova va Oʻzbekiston Milliy universitetining hududiy taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi H.Boymatov, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Hasanov, dekan oʻrinbosarlari: Gʻ.Abdurahmonov, X.Ergashev, O.Fayzulllayevlar ishtirokida kelgusi ishlar yuzasidan kelishib olindi.