09:38 11.11.2024
221

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘quvchining davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

3️⃣-o‘rin Jo‘raqulov Doston 90.8;
2️⃣-o‘rin Erkinova Odina 90.9;
1️⃣-o‘rin O‘rolova Dinara 94.8 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

♻️Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.

♻️Bundan tashqari choraklikning eng yaxshi ijodkor o‘quvchilari «Nazm gulshani» to‘garak rahbari tomonidan taqdirlandi.