16:21 28.12.2022
89

HAMID OLIMJON—DILLARDA MANGU BARHAYOT

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (https://t.me/ikki_qalb_izdoshlari)da ХХ-asr o’zbek she’riyati darg’alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 113 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o`tdi.

Tadbirda baxt va shodlik kuychisi—Hamid Olimjonning «Oygul bilan baxtiyor» dostoni oquvchilar tomonidan sahnaviy korinish orqali yoritib berildi. Shuningdek, «Jangchi Tursun» balladasidan «Ona monologi» Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Raisa Abdullayeva tomonidan ijro etildi. Oquvchilar mohir istedod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.

Tadbirga Jizzax viloyati hokimi orinbosari, senator, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligi Muxtorova Nazira Abdusattorovna, Yozuvchilar uyushmasi raisi Mehribon Abdurahmonova va boshqalar tashrif buyurishdi.

Tadbir viloyat kutubxonasining faollar zalida bolib otdi.