09:55 27.04.2026
306

G’OLIBLAR KUTIB OLINDI

“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi Respublika bosqichida faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod  maktabining “Vatanparvar” jamoasi Jizzax shahrida harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi. Maktab ma’muriyati, pedagoglar, ota-onalar kuzatuv kengashi faolllari ishtirokida jamoa rahbari va a’zolariga esdalik sovg’alari topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.