Ezgulik — shiorimiz, ma’rifat — qurolimiz!» shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.





Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Toshpo’lat Matkarimovlar ishtirokida «Ezgulik — shiorimiz, ma’rifat — qurolimiz!» shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Shohida Damanova ochib berdi.
Tadbirda Jizzax shahar va Sh.Rashidov tumanida joylashgan maktab direktorlari va pedagog xodimlari, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etishdi.