06:41 17.02.2025
103

Diqqat tanlov!

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarning o‘quvchilari uchun taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1-yo‘nalish:
Nazm (Zulfiya ijod namunalariga nazira bog‘lash);
2-yo‘nalish:
“Bir she’r tahlili” (Zulfiya she’rlarini tahlil qilish)
3-yo‘nalish:
Videorolik (Zulfiya qalamiga mansub she’rlardan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi uch daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

Tanlovga maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 nafar ishtirokchining ijodiy ishini telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali (@MamurovAkbar)ga 26-fevralga qadar taqdim etishingiz mumkin.
Ijodiy ishlarni kutib qolamiz!