info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Davra suhbati

09:02 09.10.2021

2021-yilning 7-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o`quvchi yoshlar bilan “Yurtimizda yoshlar uchun ishlab chiqilayotgan qonunlar va gender tengligi” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatidan ko`zlangan asosiy maqsad – o`quvchi yoshlarga O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarini tanishtirib o`tishdan iborat. Tadbir davomida o`quvchi yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi bo`lim boshlig`i Jahongir Eshonqulov tomonidan javob olishdi.