15:48 26.01.2022
126

#Chellenj_boshlandi

📢Diqqat bizda chellenj!

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda buyuk sarkarda va shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini keng nishonlash, ular qoldirgan bebaho merosni targ‘ib qilish maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari o’rtasida “Navoiyni anglash” va “Boburni o‘rganamiz” shiorlari ostida chellenjlar tanlovini boshlaymiz!

Chellenj yo’nalishlari:

1️⃣-“Navoiyni anglash” va “Boburni o‘rganamiz” shiorlari tushurilgan ijodiy ishlarning eng sifatli fotolarni (qog’ozga chizilgan, bir nafar shaxs yoki jamoa bo’lib ishlangan rasm) yuborish;

2️⃣-“Navoiyni anglash” va “Boburni o‘rganamiz” shiorlari boshlangan Alisher Navoiy yoki Zaxiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan asarlarni video ko’rinishida yuborish.

Tayyorlangan ijodiy ishlarni 14-fevral sanasiga qadar @MamurovAkbar va @ShavkatOripov larga yuborishingiz mumkin.

Tanlovda g’olib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.