16:55 14.11.2022
151

Bugun Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Bugunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln. dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Jizzax viloyatida ham ushbu tadbir ko’tarinki ruhda davom etdi.

Ushbu loyihada Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo’limi, viloyatdagi Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar jomoalari ham faol ishtirok etdi.