12:35 23.06.2023
71

Biz_6_yoshdamiz

Ijod_maktabi

🖐 BIZ 6 YOSHDAMIZ

🏢 Bugun joriy yilning 23-iyun kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 6 yoshga to‘ldi !

✅ Ushbu qisqa muddat ichida ijod maktabi pedagogik jamoasi va o‘quvchilari Xalqaro va Respublika miqyosidagi tanlovlarda munosib ishtirok etishdi. Ziyo maskanining 2020-2021-o’quv yillarida 27 nafar bitiruvchimiz 100%, 2021-2022-o’quv yillarida 20 nafar bitiruvchilarimiz 100% lik natijalar bilan OTMga o’qishga kirishdi, bitiruvchilarning barchasi bugun nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalaridir.

Ma’lumot uchun ijod maktabini tashkil etish taklifi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi chog’ida bildirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 23-iyundagi №418-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.