#Bilimlar_kuni








Bugun erta tongdan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod makabida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💫Tadbir avvalida ijod maktabi rahbari Xamdamova Dilafruz Baratullayevna barchani Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.
✅Maktabga mehmon sifatida Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik Bekmurodov Baxtiyor Gulmurodovich tashrif buyurib, o‘quvchilarga o‘z tilaklarini izhor etdi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat taqdim etdi.
⚡️Tantanali tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar “Mustaqillik” darslarini o‘tish uchun sinfxonalarga yo‘l olishdi. Mustaqillik darsini Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik Bekmurodov Baxtiyor Gulmurodovich o’quvchilariga o’tib berdi.