info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

“BILIM RING” da o`quvchilar bellashdi

14:07 16.11.2020

14 noyabr 2020 yil Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 8-sinf o`quvchilari ishtirokida “Bayrog`im-mening faxrim” shiori ostida Ona tili va adabiyot fanidan  “Bilim ring” o`tkazildi.  Uni ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari N.Ashirmatova va I.Abdurashidovalar olib bordi.

O‘quvchilar fan bo`yicha olgan  bilimlarini ustozlar oldida  sinovdan o`tkazishdi. Bayroq mavzusida aytilgan she’r va qo`shiqlar tadbirga o‘zgacha zavq ulashdi. Uchta shart bo‘yicha o`tkazilgan “Bilim ring” ida uch nafar o`quvchilar saralab olinib, ularga tashkilotchilarning  diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.