Attestatsiya oliy toifa

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining fidoyi va jonkuyar geografiya fani o‘qituvchisi Jo‘rabek Qudratov navbatdan tashqari attestatsiya sinovida yuqori natija — umumiy 90 ball to‘plab, oliy toifali o‘qituvchi darajasini hamda 70 foizlik ustamani qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan ustozimizni chin dildan muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!