#Amir_Temur_tavalludining_687_yilligi









Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ijod maktabi va Jizzax viloyat qoʻriqlash xizmati xodimlari hamkorligida tadbir tashkil etildi. Tadbirda ijod maktabining oʻquvchilari tomonidan ibrat namunasi boʻlgan «Temur tuzuk»laridan namunalar tinglandi.
Drama toʻgaragi aʼzolari tomonidan Muhammad Alining «Ulugʻ saltanat» romani asosida Amir Temur hayoti odilona siyosati aks ettirilgan sahna koʻrinishi namoyish etildi.
Tadbirning badiiy qismidan soʻng qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan targʻibot ishlari olib borildi.