Alisher Navoiy- millatimiz quyoshi





Joriy yilning 8-fevral sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abdurashidova Iroda tomonidan 7-«A» sinfda «Alisher Navoiy- millatimiz quyoshi» mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darsda «Birlashgan o‘zar», «Satrlar sarhadlarida…», «Sehrli maktub» kabi faollashtiruvchi, zamonaviy usullardan samarali foydalanildi. Yangi mavzu turli vositalar yordamida ochib berildi. Dars mashg’uloti juda mazmunli, qiziqarli tarzda tashkil etildi.
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishoni anga iymon erur. Alisher Navoiy.