Alisher Navoiy- millatimiz quyoshi

9-fevral — millatimiz quyoshi, yetuk shoir, adabiyotshunos, tilshunos, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Navoiy ijodiyotini o‘rganish, targ‘ib-u tashviq etish ko‘ngil va muhabbat, iste’dod va mushohada malakasi hisoblanadi. Hayotdan uzilgan, voqelikka nihoyatda keng nigoh bilan qarolmagan kishi Navoiy asarlarining qadr-qimmatini juda arzonlashtirib yuboradi. Navoiyni o‘qiganda, uning har bir satrlari salmog’ida, obrazlarining ma’naviy dunyosida hammaga ham nasib bo‘lmaydigan anglash hayajoni, nafosat zavqi ifodalanganini hisobga olmoq lozim. Toki she’r tili — tafakkur tili, go‘zal ma’naviyat tili ekanligi bilinsin. Ma’no, mantiq, mushohada madaniyatini tinimsiz ravishda Navoiydan o‘rganish zarur. Navoiyni anglash o’zlikni anglashga qo’yilgan zalvarli qadamdir.