12:06 29.02.2024
126

Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshladi

Jizzax shahridagi 1-3-ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o’quvchilari oʻrtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo’yicha olimpiadaning hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.