15:10 27.11.2021
111

Adliya va ijod maktabi hamkorligi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda ijod maktabida Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Jahongir Eshonqulov tomonidan “Korrupsiya va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida Jahongir Eshonqulov davlat tashkilotlarida uchrayotgan korrupsiya ko‘rinishlari va bunday paytda amalga oshirilayorgan ishlar, qonunchiligimizga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlar hamda mavzu yuzasidan savollarga batafsil  ma’lumotlarni berib o‘tdi.