Direktor soati





11-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining yuqori sinf o’quvchilariga «Direktor soati» o’tkazildi. Unda ijod maktabi direktori D.Xamdamova o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, oliy ta’lim muassasalarini tanlash va sohalar rivojiga yoshlarning qo’shayotgan hissasi yuzasidan muloqot qildi.
O’quvchilar maktabdagi ta’lim tizimi, fan to’garaklari va qiziqqan kasblari bo’yicha taklif va mulohazalarini bildirishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.