08:24 18.06.2026
596

Ijodiy suhbat jarayonlari

Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida
2-bosqich — ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Suhbat jarayonlarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Muhiddin Abdusamatov, Alisher Boymurodov, Gulnoza Sattorova hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etmoqda.

✨ Ma’lumot o‘rnida: ijodiy suhbat — imtihonning 2-bosqichi bo‘lib, unda tanlangan bilet savolini qay darajada tushunishi, badiiy asar yuzasidan kreativ fikrga ega ekanligi, ijodiy, tanqidiy fikrlashi, shuningdek, o‘quvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etuvchi portfoliosi asosida baholanadi.