08:28 05.06.2026
590

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ijod yoshlari” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda tuman (shahar) bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan 5–6-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Tanlov ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:
— Ijodiy matn (5-iyun)
— Ijodiy suhbat (6-iyun)

“Ijodiy matn” yo‘nalishida ishtirokchilarga videorolik namoyish etilib, uning mazmuni asosida esse yozish topshirig‘i beriladi.

⏳ Ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Yosh ijodkorlarga omad tilaymiz!