09:47 27.04.2026
305

“Yosh kitobxon”: Jizzax viloyatida bilimlar bellashuvi boshlandi

Bilimdon yoshlarimiz o‘rtasidagi bahs-munozaralar qizg‘in pallada.

  1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti
    Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotiga oid asarlarning mazmuni, g‘oyasi hamda ahamiyatini sharhlab berishadi. Badiiy asar nomi bilet orqali tanlanadi. Tayyorlanish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu shart 100 ballgacha baholanadi.
  2. “Tezkor savol-javob” sharti
    Bu yo‘nalishda ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar asosida tuzilgan 5 ta savolga javob berish talab etiladi. Tayyorlanish uchun vaqt berilmaydi, javoblar esa 2 daqiqa ichida aytilishi kerak. Ushbu shart ham 100 ballgacha baholanadi.

10-14 yosh toifasi g‘oliblari aniqlandi;
1-o’rin — Abdualimova Rayxona, Baxmal tumani;
2-o’rin — Abdurasulova Nodira, Sharof Rashidov tumani;
3-o’rin — Muxtorova Dilnura, Yangiobod tumani;

Qolgan ishtirokchilarga omad!