09:44 27.04.2026
275

“ZAKOVAT” G‘OLIBLARIGA EHTIROM!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi tantanali taqdirlandi.

Tadbirda hamkor tashkilot vakillari, maktab jamoasi va yoshlar g‘olib jamoaga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi. Shuningdek, ijod maktabining “Zakovat” kordinatori O‘rozboy Qudratov hamda jamoa a’zolari maktab ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.