10:44 03.03.2026
166

“She’riyatda yashagan muhabbat”Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida buyuk ijodkorlar — Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilova hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “She’riyatda yashagan muhabbat” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoir va shoira ijodidan namunalar o‘qib, sahna ko‘rinishlari orqali ularning hayot yo‘li, ijodiy hamkorligi va o‘zaro mehr-muhabbatini jonli tasvirlab berdilar.

Mushoira, raqs va qo‘shiq ijrolari kechaga o‘zgacha badiiy ruh bag‘ishlab, tomoshabinlarga estetik zavq ulashdi.

Ayniqsa, “Zulfiyaga maktub” sahna epizodi o‘quvchilarning shoira ijodiga bo‘lgan hurmati va samimiy tuyg‘ularini yorqin ifodaladi.