06:11 28.10.2025
157

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida biologiya fanidan amaliy dars

21-oktyabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8- sinfida Biologiya fanidan “Qon va uning funksiyasi. Eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar” mavzusida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Dars jarayonida Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — S. Qodirova, G. Soliyeva, A. Xolmirzayeva va D. Ishanqulovalar ishtirok etishdi.

Ular qon guruhlarini aniqlash jarayonini amaliy tarzda ko‘rsatib berishdi. Shuningdek, o‘quvchilar qonning tarkibi, qon guruhlarining farqlari va ularning ahamiyati haqidagi qiziqarli savollariga javob olishdi.

Mazkur dars o‘quvchilarda biologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash maqsadida tashkil etildi.