Muhim sana oldidan









Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan haftalik tadbirlar doirasida «Har shevangda ming jilolar» nomli chellenj o‘tkazildi.
Mazkur chellenj davomida o‘qituvchilar tilimizda qo‘llanadigan so‘z va iboralarning ma’nolarini qiziqarli shartlar asosida berilgan topshiriqlar yordamida topishdi va ulardan o’rinli foydalanishni bilib olishdi. Yuqori kayfiyatda tashkil etilgan tadbir davomida tilimizning boyligi va ajoyib imkoniyatlariga yana bir bor amin bo’lishdi.