14:16 09.10.2025
117

Muhim sana oldidan

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan haftalik tadbirlar doirasida «O‘zbek tilida so‘zlashamiz» nomli chellenj o‘tkazildi.

Mazkur chellenj davomida o‘quvchilar so‘zlashuv nutqida noo‘rin qo‘llanadigan chet so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini o‘rganishdi va ularni kundalik nutqda to‘g‘ri qo‘llashni targ‘ib etishdi.