Birinchi kitoblar nashrdan chiqdi!





O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari — J. Abduolimova hamda M. Abduvaliyevalarning ilk she’riy to‘plamlari nashr etildi.
Yosh ijodkorlarning adabiy ilk qadamlarini qo‘llab-quvvatlash va kitobxonlar e’tiboriga havola etish maqsadida chop etilgan ushbu to‘plamlar o‘quvchi-yoshlar orasida alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.