14:08 09.10.2025
107

E’ZOZDASIZ DOIMO! “Ustozga ehtirom” oyligi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ustozga ehtirom” oyligi doirasida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E. Karimova tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan ijod maktabi tarbiyachisi N. Xolmatova va ingliz tili fani o‘qituvchisi N. Abirqulovalarning ta’lim tizimidagi fidokorona xizmatlari keng jamoatchilik oldida e’tirof etildi.

Shu o‘rinda ijod maktabi o‘qituvchilari N.Ashirmatova va G. Sultonovalarga Agentlik rahbari S.Shakirovaning Faxriy yorlig‘i tantanali ravishda topshirildi.