09:06 22.09.2025
166

Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq, har yili respublika miqyosida o‘tkaziladigan Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida start oldi.

Olimpiadada 9–10–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
🏆 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan o‘quvchilar keyingi — viloyat bosqichiga yo‘l oladilar.

✍️ Fan olimpiadalari — yoshlarimiz bilim salohiyatini oshirish, ularni intellektual musobaqaga jalb etish va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashda muhim qadamlardan biridir.