06:54 19.09.2025
175

Psixologik trening

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilari uchun psixologik trening o‘tkazildi.

🔰 Treningning asosiy maqsadi o‘quvchilarning yangi maktab muhiti va o‘quv jarayonlariga moslashuvini taʼminlash, hissiy barqarorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

❇️ Mashg‘ulot maktab psixologi Nigora Nabiyeva tomonidan olib borildi. Unda energizer mashqlar, “Odamcha”, “Mening qo‘rquvim”, “Bozor” kabi psixotexnika va interfaol o‘yinlar qo‘llanildi.

✅ Trening natijasida o‘quvchilarning ruhiy-hissiy holati yaxshilandi, zaruriy motivatsiya va ichki resurslar bilan to‘yinishi taʼminlandi. Shuningdek, ular psixolog faoliyati bilan yaqindan tanishib, qaysi vaziyatlarda psixologga murojaat qilishlari mumkinligi haqida muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.