08:11 17.09.2025
138

MOZIYGA QAYTIB

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchilari Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Mutaxassislar tomonidan Jizzax viloyati tarixi, Jizzax qo‘zg‘aloni, Qatag‘on yillaridagi oddiy xalqning turmush tarzi, siyosiy tazyiqlardan aziyat chekkan ziyolilar va oddiy xalqning chekkan zulmlaridan hikoya qiluvchi hayot tarziga oid eksponatlar bilan tanishtirildi.

2018-yil 31-avgustda Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida jami 3 mingga yaqin eksponatlar mavjud. Ayni paytda Respublikamizning 13 ta oliy ta’lim muassasalarida huddi shu nomdagi muzeylar faoliyat yuritmoqda.