07:20 12.08.2025
99

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 2024-2025-o‘quv mavsumi uchun nomzodlarni saralab olish bosqichlari o‘z yakuniga yetdi…

3 bosqichdan iborat saralash imtihonlarida 7-sinf o‘quvchilari uchun 60 nafar nomzodlar, 9-sinfdagi bo‘sh joylar uchun esa 4 nafar nomzodlar o‘quvchilikka qabul qilindi.

💬Bugun o‘quvchilarning ota-onalari va ularning yaqinlari bilan maktab ma’muriyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.📹⏺

💬Uchrashuvda barcha tashkiliy masalalar (o‘ quv jarayoni, yagona maktab formasi, kun tartibi, dars vaqtidan tashqari to‘garaklar, yotoqxona imkoniyatlari) ko‘rib chiqildi. Ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga maktab ma’muriyati tomonidan javoblar olishdi.

⚡️Uchrashuvda ijod maktabini tamomlagan bitiruvchilar Tursunova Visola va Abdusalomova Farangizlar bugungi erishgan yutuqlarining zamirida ijod maktabida olgan ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

🟡Tadbir yakunida kuchli raqobat asosida saralash imtihonlarida yuqori ball to‘plab, ijod maktabi o‘quvchilari safiga qabul qilingan o‘quvchi va ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.