07:32 27.05.2025
355

Ijod maktab 22 stipendiyasi sovrindorlari aniqlandi

Choraklikning eng yaxshilari…

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘quvchining davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

3️⃣-o‘rin QOBILOVA OZODA RAIM QIZI 89.9;
2️⃣-o‘rin BAXRIDDINOVA MOHINUR BEKZOD QIZI 92.9;
1️⃣-o‘rin AXMEDOVA DILAFRUZ SALOXIDDIN QIZI 96.2 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

➖Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.