Ijod maktabida “Sumalak sayli”









Ijod maktabida “Sumalak sayli”
19-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Sumalak sayli” o‘tkazildi.
Unda o‘quvchi yoshlar, maktab jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Doshqozonda qaynayotgan sumalak atrofida bahor, Navro‘z va milliy qadriyatlarimizga oid she’r va kuy-qo’shiqlar yangradi.
Sinf jamoalari o‘rtasida Sportning arqon tortish, varrak uchirish, besh tosh, “Oq terakmi ko‘k terak” kabi milliy o‘yinlar o‘ynaldi. Maktab jamoasi a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan “Bahor mushoirasi” barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan “Sumalak sayli”ga mahalla faollari, keksalar va ota-onalar taklif etildi.