10:07 18.03.2025
356

3-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida
3-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

Bugungi imtihonda o’quvchilar belgilangan vaqt mobaynida ona tili va adabiyot fanidan 30 ta savoldan iborat nazorat testlarini yechishmoqda.

Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda o’tmoqda.