08:44 15.03.2025
213

Yo’llarda xushyor bo’laylik!

14-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining Ma’naviyat soati «Yo’l qoidasi-umr foydasi» mavzusida o’tkazildi. Uni ijod maktabi MMIBDO’ M.Yusupova ochib berdi. Davra suhbatida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori, katta leytenant Abbos Dadashev mavzuga oid ma’ruza bilan ishtirok etdi. Piyoda va haydovchilar tomonidan sodir bo’layotgan yo’l harakati qoidalarining buzilishi, noxush holatlarni oldini olishda amal qilinishi lozim bo’lgan masalalar to’g’risida tushunchalar berildi.