07:32 10.03.2025
201

AYOLGA EHTIROM

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan «Muqaddassan o‘zbek ayoli» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida ijod maktabi jamoasining barcha ayollari, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirni ijod maktabi direktori D.Xamdamova ochib berdi. Shuningdek, ayollarga bag‘ishlangan sahna asarlari, kuy-qo‘shiq hamda tilaklar o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.