09:45 03.03.2025
181

Zulfiya tavalludining 110 yilligi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiya tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Oʻzbegim Zulfiyasi” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi Qutlibeka Rahimboyeva, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat boʻlimi rahbari Mehribon Abdurahmonova, shoira Zulfiya oila aʼzolari tadbir mehmonlari boʻldi.

Shoira hayoti va ijodiga oid iliq xotiralar, oʻquvchilarning ijodiy chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Uchrashuv doirasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi teatr jamoasi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida “Nayman ona qissasi” spektaklini taʼlim muassasasi sahnasida ilk bor namoyish etdi.