Ijod maktabida Zulfiyaxonim izdoshlari, avlodlari









Tadbir Musiqa to‘garagi a’zolarining doira sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi teatr jamoasi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida “Nayman ona qissasi” spektaklini maktab sahnasida ilk bor namoyish etishdi. “Ijod gulshani” to‘garagi a’zolarining Zulfiyaxonimga atalgan nazira va monologlari tinglandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova ishtirok etib, mehmonlar bilan bog‘liq iliq xotiralarni o‘rtoqlashdi. O‘quvchi yoshlar Zulfiyaxonimning ibratli hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, savollariga javob olishdi.