08:41 10.02.2025
168

Navoiy merosi dillarda mangu

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

📜 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan «Navoiy merosi dillarda mangu» shiori ostida adabiyot bayrami boʻlib oʻtdi.

📜 Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi N.Qo’ylonova, faxriy harbiylar, ota-onalar, ijod maktabi jamoasi va o’quvchilari ishtirok etdi.

Bayram dasturini Musiqa to’garagi a’zolari ijrosidagi doira kuylari boshlab berdi. 9-sinf o’quvchilari tomonidan gavdalantirilgan «Navoiy va Guli» suhbati o’sha davr muhitini davraga olib kirdi.

Shuningdek, 7-sinf o’quvchilari Navoiyning hikmatlari va g’azallaridan namunalar aytishdi. Tadbirda yangragan mumtoz navolar unga o’zgacha shukuh baxsh etgan bo’lsa, o’quvchilar tomonidan o’tkazilgan chellenj taqdimotlari ham barchaga birdek manzur bo’ldi.