13:58 16.01.2025
157

10-yanvar kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga tashrif buyurishdi.

10-yanvar kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga tashrif buyurishdi. Dastlab 2022-yilda o‘z faoliyati boshlagan muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Jamoa a’zolari internat tarbiyalanuvchilari bilan yaqindan muloqotda bo’ldilar.

Tashrif so’nggida to’garak mashg’ulotlarida foydalanish uchun o’quv qurollari internat ma’muriyatiga topshirildi.