lll viloyat bosqichi olimpiadasi
ijod maktabi natijalari

Asosiy fan olimpiadasining III viloyat bosqichida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining jami 41 nafar o‘quvchilaridan 19 nafari sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Jami ishtirokchilarning 46%i samaradorlik ko‘rsatgichini tashkil etdi.
Ulardan xususan:
9-sinf oʻquvchilari Informatika, Biologiya, Ingliz tili, Tarix, Ona tili fanidan 5 nafari;
10-sinf oʻquvchilari Ingliz tili, Tarix, Ona tili, Nemis tili fanidan 9 nafari;
11-sinf oʻquvchilari Ona tili va Tarix fanidan 5 nafari, jami 19 nafar oʻquvchilarimiz sovrinli oʻrinlarni, 5 nafari esa olimpiadaning lV Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
⚡️Ushbu natija bilan ijod maktabining fidoyi xodimlarni muborakbod etamiz!