07:12 20.11.2024
255

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Oʻquvchi almashish dasturi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi barcha ijod maktablarida “O’quvchi almashish dasturi” yo’lga qo’yilgan.

✨Shu munosabat bilan 19-noyabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10 nafar o‘quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda o’quv jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

✅Dars jarayonlaridan so‘ng, o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov tomonidan tanishuv-moslashuv trening mashg’uloti o‘tkazildi.

💥Mashg’ulotda nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.