07:06 20.11.2024
211

Oʻquvchi almashish dasturi muzey bo’ylab sayohat

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida oʻquvchilarning bilim hamda tajriba oʻrganish maqsadida “O’quvchi almashish dasturi” yoʻlga qoʻyilgan.

♻️Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Erkin Vohidov hamda Ogahiy nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari uchun Hamid Olimjon va Zufiya muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat chog’ida o‘quvchilar Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, ularning boy ma’naviy hayoti, tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo’ldilar.