10:05 19.11.2024
250

“Jadidlar izidan ” tanlovini viloyat bosqichi o’tkazildi — Jizzax

Bugun Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Unda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig’i S.Suyarova g’olib bo’lgan va faol ishtirok etgan o’quvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alarini topshirdi. 1-2-3-o’rinni qo’lga kiritgan o’quvchilarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Eslatib o’tamiz, mazkur tanlovda ishtirok etish uchun 10 ming nafardan ortiq o’quvchilardan onlayn ariza tushgan bo’lib, tanlovning tuman(shahar) bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etishdi.