Jizzax viloyatida «Jadidlar izidan» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda







Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi bo’lim boshlig’i Indira Xoldarova, Jizzax viloyati hokimi o’rinbosari Akmal Savurbayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sanobar Suyarova ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ayni vaqtda ishtirokchilar birinchi shartni yakunlab, ikkinchi shart uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.