AKADEMIK ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI








Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi a’zosi, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich tashrif buyurdi. Akademik Jizzax shahrida joylashgan ijod maktabi hamda agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 1-2-3- sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o’quvchilari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida akademik Xolboy Ibragimovich jadidlarning ibratli hayoti, ularning ta’lim-tarbiya va ilm yo’lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so’z yuritdi hamda yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida ma’ruza qildi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg’otdi.