09:41 11.11.2024
140

Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Direktorlar Kengashi hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamkorligida “Taʼlimda liderlikni rivojlantirish: Ilhom va eʼtirof kuni” mavzusidagi seminar trening tashkil etildi.

Ushbu seminar trening menejerlik sertifikatini qo’lga kiritib, Jizzax viloyati Direktorlar Kengashi tavsiyasiga koʻra oʻz faoliyatini boshlagan umumtaʼlim maktabi direktorlari, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga samarali boshqaruvning o’ziga xos jihatlari, ta’limdagi yangi tajribalar to’g’risida ma’lumot berish, ularni yangi faoliyatga ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi.

🔹Seminar trening faoliyati davomida “Samarali maktab boshqaruvi”, “Taʼlimda liderlarni ilhomlantirish”, “Baxtli maktab yaratish” kabi koʻplab motivatsion psixologik treninglar olib borildi.

Tadbir yakunida Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining badiiy namoyishlari ham taqdim etildi.